
Shomurodov yana "Roma"ning fikrini o‘zgartira oldimi?
Hamyurtimiz Eldor Shomurodov kecha "Ayntraxt" darvozasini ishg‘ol qildi va "Roma"ning Evropa ligasidagi yurishini davom ettirishga o‘z hissasini qo‘shdi.
"Vocegiallorosse.it" nashri hamyurtimiz haqida qiziqarli maqola chop etdi. Unda quyidagi fikrlar yangragan:
- Shomurodov "Empoli"ga qarshi o‘yinda ahamiyatsiz golni kiritgan (25 avgust), ammo u De Rossining nazariga tushgandi. O‘yindan so‘ng u Eldor yaxshi mashg‘ulotlarda aktiv ekanligini aytib, o‘zbekistonlik o‘yinchi jamoaga kerakligini ta’kidlagandi. Natijada, transfer bloklandi. U Dovbikka o‘rinbosar sifatida jamoada qoldi.
- Ayni vaqtda uning jamoadan ketishi haqida yana yangiliklar chiqa boshladi. Ko‘p xabarlar "Venetsiya"ga ishora qilmoqda. "Roma" - "Ayntraxt" bahsida yana tarix takrorlandi (Shomurodov ketishi arafasida gol urgani nazarda tutilyapti. Sports.uz versiyasi) Raneri zerikarli o‘yin ko‘rsatayotgan Dovbikni almashtirdi va Shomurodovga gol urish uchun bir necha daqiqa kerak bo‘ldi, xolos. Jamoadagilar natija uchun ham, futbolchi uchun ham xursand. Shomurodov uzoq yo‘lga otlandimi yoki uni yana olib qolishadimi, buni 1-2 kun ichida bilib olishimiz mumkin.
Futbolchimizga "Venetsiya" klubidan jiddiy qiziqish mavjud. U transferlar oynasining so‘nggi kunlarida ushbu klubga ko‘chib o‘tishi mumkin. Hammasi Rim klubining qaroriga bog‘liq.
Fikrlar