Shomurodov yaqqol ajralib turibdi!

  • 11 oktabr, 2022, 09:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy yilning 16 noyabr kuni Toshkentdagi “Paxtakor” arenasida O‘zbekiston va  Qozog‘iston milliy terma jamoalari o‘rtasida xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkaziladi.

Qozog‘iston futbol federatsiyasi bu ma’lumotni tasdiqlagani haqida Sports.kz nashri ham xabar tarqatdi.

Bu borada Qozog‘iston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Magomed Adiev o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

500_634420f4986a4

- O‘zbekiston milliy terma jamoasini “Evro-2024” saralash tsikliga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida juda yaxshi raqib, deb hisoblayman. Bo‘lajak o‘yin murabbiylar uchun juda ko‘p ma’lumot to‘plash imkonini beradi.

O‘zbekiston juda sifatli o‘yinchilarga ega. Evropa chempionatining saralash uchrashuvlarida ishonch bildiradigan futbolchilarimizning imkoniyatlari va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazib olishni istaymiz.

Bo‘lajak o‘yin juda qiziqarli o‘tishiga aminman, - dedi Magomed Adiev.

Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi oldidan mutaxassislar Transfermarkt.de portali ma’lumotlari asosida har ikki terma jamoaning eng qimmat o‘yinchilari transfer narxini solishtirib chiqdi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi vakillarining umumiy transfer summasi 25,65 million evroni tashkil qilmoqda.

Qozog‘iston bosh jamoasiga jalb qilib kelinayotgan futbolchilarning umumiy narxi 17,15 million evroga teng. Ko‘rinib turibdiki, umumiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha hamyurtlarimiz bo‘lajak raqibdan ancha qimmat turadi.

Transfer summasining qimmatligi bo‘yicha har ikki terma jamoa a’zolari o‘rtasida Eldor Shomurodov yaqqol ajralib turibdi. Ayni  paytda “Roma” hujumchisining transfer summasi 8 million evroga teng.

O‘zbekiston milliy terma jamoasida bu borada ikkinchi ko‘rsatkich Evropadagi yana bir vakilimiz – Otabek Shukurovga tegishli. Turkiyaning “Fatih Karagyumryuk” jamoasi sharafini himoya qilayotgan yarim himoyachi uch million evroga baholanmoqda.

54dbf0_no_logo_no_text

Qozog‘iston milliy terma jamoasining eng qimmat o‘yinchisi Rossiya premer-ligasida TsSKA sharafini himoya qilayotgan Baxtiyor Zaynutdinov hisoblanadi. Uning transfer summasi 3,5 million evroga tenglashtirilgan. Keyingi o‘rinda Rossiya chempioni “Zenit”da o‘ynayotgan himoyachi Nurali Alip qayd etilgan. Uning transfer summasi 1,5 million evroni tashkil qilmoqda.

O‘zbekiston va Qozog‘iston milliy terma jamoalari o‘zaro olti marotaba to‘qnash kelgan. Shu uchrashuvlardan ikkitasida hamyurtlarimiz, bittasida qo‘shnilarimiz qo‘li baland kelgan. Yana uchta bahsda kuchlar teng kelgan.

“Roma”ga qimmatga tushgan bahsda Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?

Mourino Shomurodovni nega o‘ynatmayotgani ma’lum bo‘ldi

Shomurodov, tayyorlan!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!