Shomurodovga MDHdan yordamchi keladi

  • 31 yanvar, 2021, 10:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Atalanta”ga o‘tayotgan ukrainalik yarim himoyachi Viktor Kovalenko transfer ishlari yakunlanganidan keyin ”Jenoa”ga ijaraga berib yuboriladi.

Tecno

“Atalanta” bosh murabbiyi Jan Pero Gasperini “Shaxtyor”ning 24 yoshli futbolchisi yangi chempionatga darrov moslashib ketishiga ishonmayapti va shuning uchun uni mavsum oxirigacha boshqa jamoada o‘ynab, tajriba to‘plashini xohlayapti.

Futbolchini ijaraga olishga da’vogar jamoalar orasida “Jenoa”ning imkoniyati yuqori baholanmoqda. Chunki ayni paytda "Jenoa"da Evroittifoqqa a’zo bo‘lmagan mamlakatlar futbolchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun bitta joy bor. Shu bois, Kovalenko Eldor Shomurodovning yoniga kelishi kutilmoqda.

Kovalenko “Shaxtyor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va bu jamoa tarkibida 2013 yildan beri o‘ynab kelmoqda. Joriy mavsumda bu futbolchi sakkizta uchrashuvda 4 ta gol urdi.  

Shomurodov autsayder darvozasiga nechta gol uradi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!