Shomurodovga raqobatlik qilayotgan futbolchi APLga o‘tishi mumkin

  • 15 yanvar, 2020, 23:16
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Krilya Sovetov" klubi hujumchisi Aleksandr Sobolev faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

Tecno

22 yoshli futbolchiga Rossiyaning TsSKA va "Dinamo" klublari ham davogarlik qilishmoqda. Ammo APL klubi ham qiziqish bildirayotgani e’lon qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, forvard "Dinamo" klubiga o‘tmaydigan bo‘ldi. Avvalroq, Sobolev "Dinamo" klubiga o‘tishga juda yaqin kelgani ma’lum bo‘lgandi.

Futbolchining kelajagi shu haftada hal bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Bugungi ma’lumotga ko‘ra, Sobolev "Krilya Sovetov"ning Turkiyadagi yig‘iniga bormagan.

Eslatib o‘tamiz, RPLning joriy mavsumida Sobolev va Shomurodov 10 tagan gol urib, to‘purarlar ro‘yxatida 11 ta gol urgan Dzyubadan keyin, ikkinchi o‘rinni egallab turishipti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!