Shomurodovning hisobi bo‘sh...

  • 7 dekabr, 2021, 08:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 9
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Italiya chempionatida “Roma” ko‘rsatayotgan o‘yin muxlisu mutaxassislar tanqidiga nishon bo‘lmoqda. Joze Mourino poytaxt jamoasini superklub darajasiga ko‘tarish uchun olib kelingan. Klub xo‘jayinlari buning uchun portugaliyalik mutaxassisning barcha talablarini so‘zsiz bajarishga, so‘ragan transferlarni amalga oshirishga, yangi ijrochilar uchun pul etarlicha pul ajratishga harakat qilmoqda.

Mavsum boshida Mourino shogirdlari A Seriya va Konferentsiyalar ligasida g‘alabali seriyani namoyish etganida hamma ishlar rejadagidek ketayotganday, jamoa oldiga qo‘yilgan Chempionlar ligasiga yo‘llanma olish va Konferentsiyalar ligasida g‘olib chiqish vazifasini uddalash jamoaga ortiqcha muammo tug‘dirmaydiganday tuyulgandi.

picture_3

Keyinchalik, hozirgi “Roma” aslida yuqori maqsadlarga tayyor emasligi oydinlashib qoldi. Ayniqsa, xalqaro turnirda Norvegiyaning kichkinaga shaharchasi sharafini himoya qilayotgan “Budyo-Glimt” kabi kamtargina jamoa buyuk Rimning mashhur murabbiyi va yulduzlarini misli ko‘rilmagan darajada (1:6) sharmanda qilgani bu oddiy tasodif emasligi tobora o‘z isbotini topmoqda.

A Seriyada “Roma” yuqori o‘rinlar uchun kurashdagi asosiy raqobatchilari – “Latsio”, “Yuventus”, “Milan”, “Inter” kabi jamoalarga  yutqazishdan tashqari, o‘rtamiyona hisoblangan “Verona”, “Bolonya” va autsayderlardan “Venetsiya”ga ham uch ochkoni tortiq qilib yubordi. Ta’kidlash joizki, 16 ta uchrashuvdan teng yarmida ochko yo‘qotgan, ayniqsa, ettitasida imkoniyat boy bergan jamoaning katta maqsadlarga erishishiga hech kim ishonmay qo‘ydi, hatto bu jumoa bunyodkori “Benazir” laqabli Mourino  bo‘lsa ham.

“Roma”ning “Inter”dan o‘z maydonida 0:3 hisobida mag‘lubiyatga uchraganidan keyin Italiya matbuotida rimlik futbolchilar tanqid ostiga olinmoqda. Xususan, www.calciomercato.com nashri mavsum boshida Mourino jamoasining haqiqiy motoriga aylanishi kerak bo‘lgan o‘yinchilar kutilgan darajada harakat qila olmayotganini tilga oldi.

pinto

- Mourino hayratga solishdan to‘xtamayapti. Lorentso Pellegrini va Temmi Abraxam bo‘lmasa, “Roma”ning hujum salohiyati nolga teng ekanini bilib oldik. Jamoaning o‘tgan yilgi eng zo‘r o‘yinchisi Genrix Mxitaryanning “ko‘zi yonmay” qo‘ydi. Futbolimizning yorqin iste’dodi Nikolo Dzanolo hech narsaga yaramayapti. Bu hammasi emas. Eldor Shomurodovning hisobi ham bo‘sh, u Mourinoga yoqadigan hujumchi, chunki bosh murabbiy klub rahbariyatini bu futbolchini Genuyadan olib kelish uchun 18 million evro xarajat qilishga ko‘ndirgan. O‘tgan mavsum jamoa to‘purari bo‘lgan Borxa Mayoral esa Mourino uchun mavjud emasdek, - deb yozmoqda www.calciomercato.com  mutaxassislari.

Mourino va u targ‘ib qilayotgan taktik sxemalar, tanlanayotgan tarkib tanqid qilinayotganiga qarama  y, “Roma” rahbariyati portugaliyalik mutaxassisga ishonch bildirishda davom etmoqda.

- Ettita mag‘lubiyat juda ko‘p. Bunaqa bo‘lishini kutmagandik, chunki g‘alaba uchun ishlayapmiz. Lekin men Mourino va uning ishi samarasiga yuz foiz ishonaman. Mavsum oxirida maqsadimizga etamiz.

Mourino  uch yillik loyihamizga mos murabbiy. Bu borada zig‘ircha shubham yo‘q. Har kuni o‘yinchilar sezilarli darajada rivojlanayotganini ko‘ryapman. Qiyin paytda  hammamiz birlashsak, natija ham keladi. Men mag‘lubiyatdan keyin bosh murabbiy, o‘yinchilar va g‘oyalarni o‘zgartirish kerak, deydiganlardan emasman, - dedi “Roma” sport direktori Tiago Pintu.

Shu o‘rinda, Mourino “Roma”ni tark etishi mumkinligi haqidagi xabarlar ham tarqala boshladi. Evropaning qator nashrlari “Everton” xo‘jayinlari sakkizta uchrashuvdan beri Angliya premer-ligasida g‘olib chiqa olmayotgani tufayli bosh murabbiy Rafael Benitesni iste’foga chiqarib, o‘rniga Moruinoni taklif qilayotgani haqida xabarlar e’lon qilinyapti.

image (1)_4

Aziz muxlislar, Siz nima deb o‘ylaysiz, “Roma” va Shomurodov Chempionlar ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kirita oladimi? Eldor boshqa jamoaga o‘tgani ma’qulmi yoki Rimda qolganimi?

Fikr-mulohazalaringizni kutamiz...

Ana xolos! “Roma” Shomurodovdan kamroq yugurishni talab qilyapti!

“Roma”ni qutqarolmagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?

Shomurodov “Manchester Yunayted” futbolchisi bilan birga o‘ynaydi

Mourino eshityapsanmi, bu futbolchi Rimga bormaydi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
fayzulla egamqulov
07/12/2021 10:57
Eldor qolishi kerak lekin Maurinyo ketishi kerak. Mavrinyo qaysar va oʻz aytganidan qaytmaydigan murabbiy eskicha qarashlari tufayli Roma anchadan beri gʻalaba qozonmayapdi.
&
Бухорий Шариф
07/12/2021 22:46
Рома мураббийини ва футболчиларни битта яҳши Мулла топиб ўққитириш керак.
Baxil Alihuja
07/12/2021 13:21
Рома Европа Лигасига йул олса КАТТА ГАП! Лекин бу кетишда бу йулланма ололмаса керак. Италия Чемпионатида хозир 8-уринда турибди. Хали 9-га тушиб кетади. Элдор Женоага кайтса иши яхшиланиб кетади.
Навруз Кобилов
07/12/2021 12:17
Элдор Шомуродов узига берилган ишончни оклай олмаяпди хужумжи Нима булса хам гол уриши керак Хозирги Кунда гол ураолмаётган хужумжи хеч кимга керак эмас
Навруз Кобилов
07/12/2021 12:17
Элдор Шомуродов узига берилган ишончни оклай олмаяпди хужумжи Нима булса хам гол уриши керак Хозирги Кунда гол ураолмаётган хужумжи хеч кимга керак эмас
Навруз Кобилов
07/12/2021 12:17
Элдор Шомуродов узига берилган ишончни оклай олмаяпди хужумжи Нима булса хам гол уриши керак Хозирги Кунда гол ураолмаётган хужумжи хеч кимга керак эмас
Навруз Кобилов
07/12/2021 12:17
Элдор Шомуродов узига берилган ишончни оклай олмаяпди хужумжи Нима булса хам гол уриши керак Хозирги Кунда гол ураолмаётган хужумжи хеч кимга керак эмас
Dadaxon Ergashov
06/12/2021 20:39
Ketmagani maqul qolsin ohiri Nima buladi faqat uyin amaliyot birsa buldi Eldorga ROMA ELDORGA OMAD YOR BULSIN
&
⚽️FANAT M-YU⚽️
06/12/2021 19:25
Uzur adminlar mendan boshq hech kim yozmaydi meningcfikrim ketgani ma‘qul boshqa jamoaga