
Shomurodovning jamoasi pley-offda qaysi klubga qarshi o‘ynashi mumkin?
UEFAning eng nufuzli turnirlaridan biri – Evropa ligasida umumiy bosqich yakunlanib, 36 ta jamoadan 24 tasi bosh sovrin uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi.
Eldor Shomurodov “Roma”ning “Ayntraxt”ga qarshi uchrashuvida gol urib, yangi formatda o‘tkazilayotgan ushbu musobaqadagi gollari hisobini ochdi.
Bu g‘alaba “Roma”ga xalqaro maydondagi yurishini davom ettirish imkonini berdi.
UEFAning yangi formatdagi xalqaro turnirlari – Chempionlar ligasi, Evropa ligasi va Konferentsiyalar ligasi umumiy bosqichida 36 tadan jamoa qatnashdi. Kuchli sakkizlikdan o‘rin olgan klublar to‘g‘ridan-to‘g‘ri nimchorak finalga chiqadi. 9-24-o‘rin sohiblari pley-offning o‘tish uchrashuvlarida o‘zaro kuch sinashadi. Qolgan 12 jamoa musobaqani tark etadi.
“Roma” 15-o‘rin sohibi sifatida 1/16 finalda o‘ynashiga to‘g‘ri keladi. Rimliklar bilan birga 9-24-o‘rinlarni band etgan “Budyo-Glimt”, “Anderlext”, “Styaua”, “Ayaks”, “Real Sosedad”, Galatasaroy”, “Viktoriya Plzen”, “Ferentsvarosh”, “Portu, “Midtyullann”, “Yunion”, “AZ Alkmar”, PAOK, “Tvente”, “Fenerbahche” ham o‘tish o‘yinlarida qatnashadi.
Italiya futbolini yoritayotgan tuttomercatoweb.com saytiga ko‘ra, “Roma” nimchorak finalga chiqish uchun o‘tish uchrashuvida Vengriyaning “Ferentsvarosh” yoki Portugaliyaning “Portu” klubidan biriga to‘qnash keladi.
Fikrlar