"Sho‘rtan"da yana yangi futbolchilar va o‘rtoqlik o‘yinlarini boshladi
Pro ligadan Superligaga chiqqan G‘uzorning "Sho‘rtan" jamoasi Toshkentdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida birinchi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Raqib Pro liga ishtirokchisi Farg‘onaning "FARDU" jamoasi bo‘ldi.
G‘uzorliklar poytaxtdagi yig‘in doirasida birinchi nazorat uchrashuvida farg‘onaliklarga minimal 1:0 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Bahodirjon Abduvalievning yagona goli vodiyliklarga g‘alaba keltirdi.
Shuni aytib o‘tish lozimki, "Sho‘rtan" tarkibiga yaqinda "Nasaf"ni tark etgan Doniyor Narzullaev, "Metallurg"da o‘ynagan va "Paxtakor"ga tegishli bo‘lgan Abbos Ergashboev kabi yangi futbolchilar ham qo‘shilishgan.
"Sho‘rtan"ning asosiy tarkibi: Sherzod Abduraimov, Shohjahon Sultonmurodov, Mirkomil Abdurazzoqov, Azizbek Pirmuhammedov, Kamronbek Saidazimov, Sirojiddin Qo‘ziev, Doniyor Narzullaev, Bekzod Suvonov, Daler Sharipov, Asadbek Saidxonov. Jo‘rabek Mannonov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Abbos Ergashboev, Sardor Sa’dullaev, Abror Toshqo‘ziev, Shohruh Eshbo‘taev, Shahboz Nuriddinov, Shahzod Ne’matjonov, Ulug‘bek Xudoyberdiev, Javohir Hasanov, Mirjalol Jumaev, Murod Jabborov.

Fikrlar