
"Sho‘rtan"ni bir futbolchi tark etdi
Pro ligadag mavsumning birinchi yarmini ishonchli o‘tkazgan "Sho‘rtan" klubi yozgi selektsiyada ayrim o‘zgarishlarga qo‘l urmoqda. Ya’ni, tarkibda ayrim yangiliklar bo‘lishi ehtimoli mavjud. Klub matbuot xizmati esa jamoa a’zosi ketganini e’lon qildi.
"Pro-Liganing birinchi davra yakuniga etgach «Sho‘rtan» jamoasining asosiy tarkibi safida to‘p surgan yarim himoyachisi Abdug‘ani Kamolov bilan rasman xayrlashdi.
«Sho‘rtan» PFK jamoasi ushbu o‘yinchiga hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirib, ularning keyingi faoliyatiga omad tilab qoladi», - deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.
Fikrlar