Shota Arveladze: Bu erda o‘ynash hamisha qiyin

  • 8 sentabr, 2020, 21:19
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun O‘zbekiston chempionati 16-turidan o‘rin olgan "Metallurg" - "Paxtakor" (0:3)uchrashuvi o‘tkazildi. Bellashuvdan so‘ng mehmonlar ustozi Shota Arveladze o‘yin borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

- Bu erda o‘ynash hamisha qiyin. Ular kimga qarshi qanday o‘ynash kerakligini, xalal berishni yaxshi bilishadi. Dastlabki 30 daqiqada raqib jiddiy qarshilik ko‘rsatdi. Keyin esa bo‘sh hududlar yuzaga keldi. Ikkinchi gol o‘yin taqdirini o‘zgartirib yubordi. Mezbonlar ikkinchi bo‘limda hujumga e’tibor qaratishdi. Biz uchun g‘alabadan tashqari o‘yinni jarohatlarsiz tugatganimiz ham juda muhim. Oldinda bizni Chempionlar Ligasi bahslari kutmoqda.

Bizni yana qiyin uchrashuvlar va tig‘iz taqvim kutmoqda. O‘zimizning yaxshi taraflarimizni namoyish etishga urinamiz, - dedi Arveladze.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Rustamov Dilmurod
09/09/2020 15:29
Paxtakor ni kushini mana endi koʻramiz OMAD paxtakor nima boʻlgandayam yurtimizni yuzi lekin unutmaslik kerak u yerda 11kishi bilib top surishga toʻgʻri keladi Agar finalda koʻsak bunday fikrlar notoʻgʻri ekanligini isboti bular edi Aksi holda Pahtakorni gigimonliga Uzbek muhlislari shubha bilan qarashlari yanada kuchayib ketadi