
Shota Arveladze: Bunday taqvimda yuqori o‘yin sifatini saqlab qolish oson emas
Coca Cola Superliga 22-turidan o‘rin olgan AGMK - "Paxtakor" (0:6) uchrashuvidan so‘ng, "sherlar" ustozi Shota Arveladze o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Yigitlarga mavsum oxirida namoyish etgan shunday ajoyib o‘yinlari uchun rahmat aytaman. Chiroyli kombinatsiya va hujumlarni futbolni chin dildan sevgan muxlislarga o‘yinimizni ko‘rish qiziq. Biz duch kelgan taqvimda bunday sur’atni ushlab qolish oson emas. Bizga chempionlik uchun yana bir g‘alaba zarur. Hali ishlashda davom etamiz.
Sergeevni chempionatda urilgan 100-gol bilan tabriklayman. O‘zi uchun juda muhim to‘pni kiritdi", - dedi Arveladze.
Fikrlar