Shota Arveladze hayotidan: Qamoq, o‘lim xavfi va haqiqatga berilgan jazo! “Streltsov etti yil o‘tirgan, seniki nima bo‘pti?” (3-qism)

  • 17 iyun, 2020, 23:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Paxtakor”ni muvaffaqiyatli boshqarib kelayotgan Gruziya futboli afsonasi Shota Arveladze jurnalistlarga katta intervyu berib, Shon Konneri, Lui van Gal, Vaxtan Kikabidze kabi mashhurlar bilan munosabati, hayotidagi quvonchli lahzalar, qamoqda o‘tirgani, tergovga tortilgani, o‘lim tahdidi va boshqa ko‘plab qiziq voqealar haqida gapirib berdi.  

Shuningdek, Gruziya, Gollandiya va Shotlandiya chempioni, “Paxtakor”ni chempionlik sari etaklagan Shota Arveladze quyidagi qiziqarli ma’lumotlar haqida ham muxlislarga hech kim bilmagan faktlarni oshkor qildi:

  • Shota nega 23 yoshligida Ispaniyaning top klubi taklifini rad etgan?
  • Ronald de Bur uni “Ayaks”dagi ilk mashg‘ulotida qanday qutqarib qolgan?
  • Nega van Galni darvozabonsiz o‘ynashga undagan?

Sports.uz portali e’tiboringiz intervyuning eng qiziq qismlarini havola etadi.

- Soliq xizmati shikoyati ortidan sizni hibsga olishganida nimalarni his qildingiz?

- Tergov, so‘roqlar, albatta bu stress. Men politsiya mahkamasida uch kun o‘tirdim. Avvaliga meni ingliz tilida, keyin tarjimon orqali rus tilida so‘roq qilishdi.  Keyin savollar murakkablashib ketdi va men gruzin tilini biladigan tarjimon talab qildim. “Unaqasini qaerdan topamiz?”,-  deyishdi. “Ana ruschasini topibsizlar, gruzincha biladiganni ham topinglar yoki meni qo‘yib yuboringlar”, - dedim

origin_9ea294c2

- Qo‘yib yuborishdimi?

Bir qizni topib kelishdi. Undan yaqinlarimga telefon qilib ogohlantirib qo‘yishni so‘rasam, “Menga mumkinmas” deb javob qildi.

- “Ayaks” sizga advokat topib bermadimi?

- O‘zim yonladim. Leo Spixt deganini. Zo‘r odam. Amerikaliklarning uzun mashinasida yurardi. Meni juda tez ozod qildi. Hamma menda ortiqcha hisob raqamlari yo‘qligini, mablag‘larim ABN Ambro bankida ekanini bilardi. Keyin o‘z holimga qo‘yishdi. “Ayaks” bilan moliyaviy masalada uzoq sudlashganim bu boshqa masala.

- Ozodlikka chiqqandan keyin nima qilgansiz?

- Darrov terma jamoa ixtiyoriga, Italiya bilan bo‘ladigan o‘yinga uchun uchib ketdim. Murabbiylardan Dzodzuashvili va Kipiani “Shotik, birinchi daqiqadan o‘ynaysanmi?” deb so‘rashdi. “Yaxshisi bunday qilmaylik, har holda uch kun o‘tirib chiqdim”, - dedim. Kipiani gapimga qo‘shildi, Dzodzuashvili esa “Streltsov etti yil o‘tirgan! Keyin maydonga tushib, uch yil ketma-ket mamlakatning eng zo‘r futbolchisi bo‘lgan. Uch kun nima bo‘pti? Maydonga chiq va o‘yna!”, - dedi. Men baribir tanaffusdan keyin o‘yinga qo‘shildim va Gaxokidzega golli pas uzatdim.

105

- “Ayaks” Adriansega shartnomani uzaytirmaguningizgacha sizni maydonga tushirishni ta’qiqlagani rostmi?

- Ha. Men jamoa etakchisi edim. Biz Chempionlar ligasining saralashida “Selta”ga qarshi o‘yinga tayyorlanayotgan edik. Mavsum oralig‘ida “Roma” va “Liverpul” bilan o‘rtoqlik uchrashuvining  oxiridagina o‘yinga qo‘shildim. Har ikkisida ham gol urdim. Bu erda nimadir borligini sezdim. Keyin Adrianse teleintervyusida: “Shota shartnomani uzaytirmagunicha menga uni maydonga tushirishni ta’qiqlashgan edi”, - deb tan oldi. Menga jurnalistlar rosa telefon qilishdi. Aytadigan gap yo‘q edi. Keyin meni “Reynjers”ga sotib yuborishdi.

f45ded17f14dbd156e291be319e976bc550dcca031249373020567

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!