Shota Arveladze: Hech kimning bo‘shashishiga yo‘l qo‘ymaymiz

  • 22 sentabr, 2020, 16:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

"Shahr Xodro" va "Paxtakor" o‘yinidan oldin o‘tkazilgan matbuot anjumanida "sherlar" bosh murabbiyi Shota Arveladze o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

- Biz uchun har bir o‘yin finalga teng bo‘lmoqda. Biz bir-birimizni yaxshi bilamiz. Ular uchun bu o‘yin faxrlanish hissini uyg‘otadi, forslarning xarakteri jangovar. Buni bilamiz, chunki Eron klublari bilan ko‘p bor to‘qnash kelganmiz. Biz uchun esa, musobaqani davom ettirishni yoki aksini ko‘rsatib beradi. Yuqori darajadagi yaxshi o‘yin bo‘ladi, deb o‘ylayman.

Guruhimizdagi ikkinchi o‘yin natijasini ko‘rishga va kuzatib borishga imkoniyatim bo‘lmaydi. Chunki bor e’tiborni o‘z o‘yinimizga qaratamiz. Barchasi o‘z qo‘limizda.

Futbolchilar bilan har kuni suhbatlashaman. Bu futbol. Ba’zida gol urasiz, ba’zida esa yo‘q. Har bir o‘yinda yaratayotgan vaziyatlarimiz juda muhim, chunki sen ko‘proq vaziyat yaratayotgan bo‘lsang, demak raqibdan ko‘ra aqlliroq o‘yin namoyish etayotgan bo‘lasan. Sen ularni to‘pni maydon tashqarisiga yoki shunchaki oldinga tepib yuborishga, ba’zida esa xato qilishga majbur qilasan. Bundan tashqari, raqib himoyachilari va darvozaboni ham maydonda shunchaki chiroyli fotolar uchun turmaydi. Biz yanada ko‘proq vaziyatlar yaratishga harakat qilishimiz kerak. Lekin, shunday holatlar ham bo‘ladi - bitta vaziyatda gol urib ketasiz. Futbolda nima bo‘lishini oldindan aytib berolmaysiz, shunisi bilan ham u qiziq.

Hech kimning bo‘shashishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Raqibning o‘yini statistika bo‘yicha yomon emas. Ular vaziyatlar yaratishmoqda. Xatto, ular bilan Toshkentda o‘tgan bahsimizda yirik (3:0) hisobda g‘alaba qozongan bo‘lsak-da, ular o‘yin bo‘yicha juda yaxshi taassurot qoldirgandi. Bu xarakterli va jangovar jamoa. "Al-Hilol"ga qarshi oldingi bellashuvda ularda hech qanday imkoniyat qolmagandi, shunga qaramay, borlarini berib o‘ynadi. Menimcha, ertaga biz bilan ham oxirigacha kurashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Насаф
22/09/2020 16:24
Бировни уйинчиларини сотволиб худди узи футболист чикаргандай катта гапирмасада
Кахрамонжон Сафаров
22/09/2020 16:56
Арвеладзе узбек футболи ичига тушган курт
Кахрамонжон Сафаров
22/09/2020 16:55
Бу эртакларингни сен узингни хамтовокларингга айтиб бер а так йил бошида маълум булган сени бунаканги чупчаклар тукиб сайрашинг агар халоллик билан уйнаб келганингда эди хозир муаммолар булмас эди бутун вилоят командаларини судьялар ёрдамида синдирдиларинг сенлар лойик эмас эдинглар мана шу чемпионлар лигасига боришга , айтишгану жужани кузда санаймиз деб Шотажонни таржимонлари чиройли килиб перевод килиб берарсизлар лекин тогдан богдан келиб юрманглар