
Shota Arveladze "Lokomotiv" ustidan qozonilgan 7:0 hisobidagi g‘alabani "Bavariya" - "Barselona" uchrashuviga qiyosladi
Coca Cola Superliga 12-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" hamda "Lokomotiv" (7:0) jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng, "sherlar" ustozi Shota Arveladze matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Derbi uchun noodatiy hisob bo‘ldi. Bugungi o‘yin "Bavariya" - "Barselona" bahsiga o‘xshab ketdi. Yigitlar uchun xursandman. Qiyin davrdan o‘tib oldik. Yaxshi o‘ynadik va bahsni nazorat qildik. Beshta almashtirish amalga oshirganda, o‘yin sur’atini birdek saqlash qiyin, lekin biz buni uddaladik. Zaxiradan tushgan futbolchilar o‘zlarini ko‘rsatdi. Ularning shunday yaxshi ishlayotganidan baxtiyorman. "Lokomotiv"ga bunday qiyin holatdan tezroq chiqib olishlarini tilayman.
Yaqin orada terma jamoa yig‘ini bo‘ladi. Umid qilamanki, bizning chempionat o‘yinlari hamda Chempionlar Ligasi oldidan ma’qul holat topiladi. O‘yinchilar terma jamoada ham o‘ynashni xohlaydi.
Natija qanday bo‘lishidan qat’i nazar muxlislar uchun o‘ynashda davom etamiz. Raqib, muxlislar hamda o‘z jamoangni hurmat qilish lozim", - dedi gruziyalik mutaxassis.
Fikrlar