Shoxruh Gadoev endi OKMKda o‘ynamaydi

  • 27 dekabr, 2024, 22:27
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Qishki selektsiya ishlarini olib borayotgan va yaqinda yangi mavsum uchun tayyorgarligini boshlagan OKMK jamoasi tarkibida ham ayrim o‘zgarishlar kuzatilmoqda.

Sports.uz jurnalistiga ma’lum bo‘lishicha, olmaliqliklar sharafini himoya qilib kelgan 32 yoshli yarim himoyachi Shoxruh Gadoev klubni tark etgan. Qolaversa, uning OKMK bilan tuzgan shartnomasi ham nihoyasiga etgan.

Ma’lumki, Shoxruh Gadoev OKMKda 2021 yildan beri to‘p surib kelayotgandi. O‘tgan 4 yil mobaynida futbolchi Mirjalol Qosimov qo‘l ostida 99 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Raqiblar darvozasiga 13 ta gol urdi hamda 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bu yilgi mavsumda Shoxruh 10 ta o‘yinda maydonga tushdi. Yodingizda bo‘lsa, u jarohat olib ancha muddat davolanishiga to‘g‘ri keldi va joriy yilning yozida yana asosiy tarkibga qaytgandi.

Xo‘sh, OKMK bilan xayrlashgan Gadoev yangi mavsumni qaysi klubda boshlaydi? Hozirda uning oldida ayrim variantlar bor va ulardan birini tanlashi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!