
Shoxruh Gadoev: "Neftchi"ga kelishimga Levchenko va Irismetovning takliflari sabab bo‘ldi"
"Neftchi" bilan shartnoma imzolagan yarim himoyachi Shoxruh Gadoev klub matbuot xizmatiga dastlabki fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Farg‘onaning "Neftchi" klubi haqida yoshligimdanoq ko‘p narsalarni eshitganman. Bu jamoa O‘zbekistonning etuk klubi sifatida besh marta mamlakat chempioni bo‘lgan. Bir necha marta kumush va bronza medallari hamda O‘zbekiston Kubogi sohibi darajasiga ko‘tarilgan. Osiyo chempionlar ligasi musobaqalarida qatnashib, mamlakatimiz sharafini himoya qilgan.
"Neftchi"ga kelishimga jamoa bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko va menejer Ja’far Irismetovning takliflari sabab bo‘ldi. Men ularning takliflarini quvonch bilan qabul qilib, butun vujudim bilan Farg‘onaga intildim.
Yangi mavsumda "Neftchi" safida sovrinlar uchun astoydil kurashaman. Bu kurashda bizni sevimli muxlislarimiz o‘n ikkinchi o‘yinchi sifatida doimo qo‘llab-quvvatlab turishlariga ishonaman. Shu bois ularga va oila a’zolariga mustahkam salomatlik,quvonch va omadlar tilayman", - deydi Gadoev.
Fikrlar