Shunday zo‘r to‘purarni qo‘ldan chiqarib nima qilamiz?

  • 10 dekabr, 13:52
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bundesliga chempioni – Myunxenning “Bavariya” klubi rahbariyati angliyalik hujumchi Harri Keynning shartnomasini uzaytirishga qaror qildi.

Tecno

Bu haqda Bayern & Germany nashri  o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, shartnoma uzaytirish tashabbuskori – klubning o‘zi. Keynning o‘zi ham bu taklifga qarshi emas va uni qabul qilishni rejalashtirmoqda.

Shu bilan birga, to‘purar avvalroq paydo bo‘lgan “Barselona”ga o‘tishi haqidagi variantlarni rahbariyat bilan hech qachon muhokama qilinmaganini ta’kidlagan.

Harri Keyn yangi shartnoma masalasini 2026 yilgi jahon chempionati yakunlanganidan keyin muhokama qilishi va muzokaraga tayyor bo‘lishini ma’lum qilgan.

Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga tuzilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!