
Shvaynshtayger jarohat oldi
“Bavariya” va “Manchester Yunayted” jamoasi sobiq yarim himoyachisi, ayni vaqtda AQShning “Chikago Fayr” klubida to‘p surayotgan Bastian Shvaynshtayger jarohat oldi.
32 yoshli futbolchi “Vankuver Uaytkeps”ga qarshi o‘yinning birinchi bo‘lim yakunida raqibdan to‘pni olib, jamoadoshiga uzatdi va shundan keyin son qismini ushlab olib, erga yotib oldi.
Dastlabki tekshiruvlar jarohat og‘ir emasligini va katta ehtimol bilan germaniyalik futbolchi oyoqdagi asab tolalarini qisib olganini ko‘rsatdi.
Ma’lumot uchun, Shvaynshtayger shu yilning mart oyida “Chikago Fayr” a’zosiga aylangandi. U 14 o‘yinda 2 ta gol va 1 ta golli pasga mualliflik qildi.
Fikrlar