
Simeone: "Grizmann hali ham eng yaxshilardan biri, biz unga ishonamiz"
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone frantsiyalik hujumchi Antuan Grizmannning so‘nggi paytlardagi pasaygan o‘yiniga qaramay, unga ishonishda davom etayotganini aytdi.
– U hozir eng yaxshi sport formasida emas. Biz uning gollari va assistlariga o‘rganib qolganmiz. Trener sifatida men unga ishonaman va menga uning o‘yini yoqadi.
34 yoshli Antuan Grizmann fevral oxiridan buyon gol ham, assist ham qayd etmagan. Shu holatga qaramay, Simeone uni asosiy tarkibda maydonga tushirishda davom etmoqda:
– Bizda etti uchrashuv qoldi va biz maydonda eng yaxshi futbolchilarimizga ishonishimiz kerak, – deya qo‘shimcha qildi argentinalik mutaxassis.
Fikrlar