Simeone: "Xulian Alvares — zamonaviy futbolning eng yaxshi o‘yinchisi"

  • 10.09.2025 23:20
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone "El Partidazo de COPE" nashriga bergan intervyusida zamonaviy futboldagi eng yaxshi futbolchi deb Xulian Alvaresni atadi.

Simeonega turli futbolchilardan biriga ustunlik berish taklif qilinganda, u Alvaresni Juliano Simeone, Jud Bellingem, Muhammad Saloh, Rafinya, Koul Palmer, Usmon Dembele, Vitinya, Erling Xoland va Pedridan yuqori baholadi.

– Xulian yoki Vinisius?
– Xulian, yuz foiz.

– Xulian yoki Mbappe?
– Xulian.

– Xulian yoki Lamin Yamal?
– Xulian, – dedi Simeone.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!