Simeoneni "Atletiko"da olib qolgan futbolchini bilasizmi?

  • 3 aprel, 2021, 09:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Kalyari" himoyachisi Diego Godin "Atletiko"dagi xotiralari haqida so‘zlab berar ekan, beixtiyor bosh murabbiy Diego Simeone haqida ham yorqin voqealarni yodga soldi.  Uning so‘zlariga ko‘ra, argentinalik mutaxassis 2015 yilda, aynan uni deb, “matraschilar” boshqaruvidan ketishi mumkin edi.

Tecno

"Bu 2015 yil yozida sodir bo‘lgan edi. O‘shanda "Manchester Siti" meni sotib olishni xohlayotgandi. Ular hatto shartnomamda ko‘rsatilgan tovon pulini to‘lashga ham tayyor edi.

O‘sha paytda Simeone Yaponiyada bo‘lgan, ammo muzokaralar haqida uni ham ogohlantirishgan edi. Hamma yig‘ildi. Gabi, Raul Garsiya, Tiago va boshqalar keldi. O‘shanda Simeone shunday degan edi: "Agar Diego ketsa, men ham ketaman".

Oradan bir necha kun o‘tib, men "Atletiko" bilan shartnomamni uzaytirishga tayyor edim. Bu bizda qanday jamoa shakllanganidan darak beradi", - Godin football-italia nashriga bergan intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!