Simona Xalep raqib topildi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Adelaida shahrida o‘tayotgan "Adelaide International" turnirida ruminiyalik Simona Xalep o‘z ishtirokini ikkinchi davradan boshlaydi.

Mazkur musobaqaning ilk davrasidagi to‘siqdan muvaffaqiyatli o‘tib olgan avstraliyalik Ayla Tomlyanovich chorak final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan o‘yinda Simona Xalep bilan raqobatlashadi.

Eslatib o‘tamiz, Simona ikki oydan ortiqroq vaqt mobaynida kortga tushmadi va u uchun mazkur turnir Avstraliya ochiq chempionatiga muhim tayyorgarlik bosqichini o‘tab beradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!