Siril Gan: “Tom Aspinallning kamarini tortib olaman"
35 yoshli frantsuz jangchisi Siril Gan og‘ir vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Tom Aspinallga qarshi jang oldidan o‘z kayfiyati haqida gapirdi.
"Bu bahsda g‘alaba qozonishga ishonchim komil. Jangdan keyin nima bo‘lishini hozircha o‘ylamayapman. Men bu kamarni olishni xohlayman va bunga erishish uchun mashg‘ulotlarda qo‘limdan kelganini qilyapman. Hamma qanday kuchga ega ekanimni biladi. Zarbam ham juda kuchli. Aspinallning kamarini tortib olaman. Men oilam, do‘stlarim, jamoam va maqsadimga e’tibor qaratganman", — dedi frantsiyalik "The National" You Tube kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Gan (13-2) va Aspinall (15-3) qarama-qarshiligi 25 oktyabr kuni "UFC 321" turnirida o‘tkaziladi.



Fikrlar