"Siti" futbolchisi Turkiya klubi bilan kelishuvga erishdi

  • 22 iyun, 18:04
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti"ning 34 yoshli yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan "Galatasaroy" bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda "Fanatik" nashri xabar bermoqda.

Tecno

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, tomonlar yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan ikki yillik shartnoma tuzishga kelishib olgan. Shu bilan birga, klublar o‘rtasidagi muzokaralar davom ettirilmoqda.

Gyundogan 2016 yildan beri "Manchester Siti" tarkibida o‘ynab kelmoqda, biroq 2023/2024 yilgi mavsumda u "Barselona"da to‘p tepdi, so‘ngra yana ingliz klubiga qaytdi. O‘tgan mavsumda germaniyalik futbolchi barcha musobaqalarda 50 ta o‘yinda ishtirok etib, 3 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yarmigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining narxi 5 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!