“Siti” yulduzi pul uchun ketmoqchi

  • 02.10.2025 16:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti”ning yangi sardori Bernardu Silva joriy mavsum oxirida klubni tark etish haqida bosh qotiryapti. Portugaliyalik o‘yinchining amaldagi shartnomasi 30 iyun kuni yakunlanadi.

Xosep Gvardiola hujumkor futbolchi haqidagi fikrlarini o‘zgartirdi. O‘tgan mavsum Bernardu Silva bilan xayrlashishga tayyor bo‘lgan murabbiy endi klub unga uzoq muddatli shartnoma berishini istayapti.

TALKSPORT nashrining ma’lum qilishicha, tomonlarning hamkorlik davom ettirish imkoniyati juda past  baholanmoqda. Chunki 31 yoshli futbolchi faoliyatining oxirgi bosqichida ko‘proq mablag‘ jamg‘arib olmoqchi.

Bernardu Silva yozda o‘ziga jiddiy qiziqish bildirayotgan Saudiya Arabistoni klublaridan biriga ko‘chib o‘tishni reja qilgan.

Mohir o‘yinchi “Manchester Siti”da 2017 yildan beri o‘ynab kelmoqda va klublar miqyosida barcha nufuzli musobaqalar bosh sovrinini qo‘lga kiritib bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!