“Siti” yulduzini hozirdan uchta grand talashyapti

  • 16 sentabr, 07:14
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” rahbariyati Xosep Gvardiola tomonidan jamoaning yangi sardori etib tayinlangan Bernardu Silvaga yangi shartnoma taklif etmaydi.

Tecno

“Shaharliklar” avlodlar almashinuvini davom ettiradi va yoshi o‘tib qolayotgan o‘yinchilarni boshqa klublarga o‘tishiga qarshilik qilmaydi.

“Manchester Siti”da shartnoma bo‘yicha oxirgi mavsumini o‘tkazayotgan 31 yoshli Bernardu Silva ham mavsum oxirida o‘rnini yosh ijrochilarga bo‘shatib beradi. 

Italiya matbuotining yozishicha, A Seriyaning uch grand klubi – “Milan”, “Yuventus” va “Napoli” hozirdan portugaliyalik yulduzni talashmoqda.

Bernardu Silvaning o‘zi ham Manchesterdan ketishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.  Uning Angliya Premer-ligasi va Evrokuboklarda to‘plagan tajribasi Italiya klublari uchun Silvani strategik ijrochiga aylantiradi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!