“Siti”ga yaqinda kelgan ikki futbolchi klubni tark etadi

  • 21.04.2026 12:01
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Siti" yozgi transfer oynasi uchun tarkibni tozalashni rejalashtirgan. Avvalroq yarim himoyachi Bernardo Silva jamoani tark etishi ma'lum bo'lgandi. Shuningdek, "shaharliklar" himoyachi Jon Stouns bilan xayrlashishi mumkinligi xabar qilingan edi.

Football Insider'ning ta'kidlashicha, joriy mavsum yakunlangach, Umar Marmush va Tijani Reynders "Manchester Siti"ni tark etadi. Ikkalasi ham klubga kelganidan beri taassurot qoldira olmadi va jamoadagi o'rnini yo'qotdi.

Joriy mavsumda Marmush barcha musobaqalarda 30 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Reyndersning hisobida 44 ta o'yin, yettita gol va yettita golli uzatma bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!