
“Siti”ning eng tezkor futbolchisi boshqa klubga o‘tib ketdi
“Manchester Siti”ning yaponiyalik himoyachisi Ko Itakura bundan buyon Myonxengladbaxning “Borussiya” jamoasi sharafini himoya qiladigan bo‘ldi.
Bundasliga jamoasi 25 yoshli o‘yinchining transferini rasman e’lon qildi.
Itakura o‘ta tezkor va taktik jihatda tartibli o‘yinchi. U himoyaning turli nuqtalarida va yarim himoyada o‘ynay oladi.
Tabiiyki, uning oldida bir necha variantlar bor edi. Shuning uchun ham u bizni tanlaganidan ko‘proq mamnunmiz. Itakura yangi rejalarimizning muhim bo‘lagi hisoblanadi, - deb bayonot berdi klub sport direktori Ronaldu Virkus.
Itakura Yaponiyaning “ Kavasaki Frontale” jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadai. 2019 yil boshida “Manchester Siti” bilan shartnoma imzolagan bo‘lsa-da, asosiy tarkibga kira olmadi. Xosep Gvardiola uni shu paytga qadar “Groningen” va “Shalke” jamoalarida ijarada o‘ynatdi.
Fikrlar