“Siti”ning mashhur hujumchisi ketadigan bo‘ldi

  • 13.06.2024 19:24
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti” hujumchisi Xulian Alvares yozda jamoasini tark etishi mumkin.

Argentinalik forvard “shaharliklar” safida mohir to‘purar Erling Xoland soyasida qolib ketmoqda.

Alvaresning o‘zi “Real”ga o‘tishni mo‘ljallagan edi. Biroq “Qirollik klubi” Kilian Mbappeni qo‘lga kiritganidan keyin hujum chizig‘iga boshqa qimmatbaho o‘yinchi olmaydi.

The Athletic nashriga ko‘ra, Xulianga Angliya Premer-ligasining o‘zidan “Chelsi” jiddiy qiziqish bildiryapti.

Qolaversa, Kilian Mbappe o‘rniga ko‘p gol ura oladigan hujumchi qidirayotgan PSJ ham Alvaresni nishonda ushlab turibdi.

24 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda 36 ta o‘yinda 11 ta gol va 9 ta assist muallifi bo‘lganiga qaramay, “Manchester Siti” murabbiylar shtabi unga asosiy tarkibdan joy kafolatlagani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!