Skoulz: "MYu bu mavsumni kuchli o‘nlikda yakunlaydi"

  • 4 oktabr, 01:32
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" afsonasi Pol Skoulz jamoaning joriy mavsumdagi imkoniyatlari haqida fikr bildirdi. Uning fikricha, "qizil iblislar" kuchli o‘nlikdan joy olishi mumkin.

Tecno

"Menimcha, MYu top-10da bo‘ladi. Mavsum yaxshi boshlanmadi. Ular ikki o‘yinni ketma-ket yutolmayapti. Nazariy jihatdan yaxshiroq natijaga erishishlari mumkin, ammo hozir bu juda ham ehtimoldan yiroq", — dedi Skoulz "The Good, The Bad & The Football" podkastida.

Shuningdek, sobiq yarim himoyachidan o‘z vaqtidagi jamoadoshlaridan kimni hozirgi tarkibga qo‘shishi haqida ham so‘rashdi:

"Men Rayan Giggzni tanlardim. Hozirgi MYuga biroz tomoshaboplik etishmayapti. Giggz esa odamlarni, muxlislarni va atrofidagi futbolchilarni ruhlantirardi", — dedi Skoulz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!