Sloveniya - Daniya: O‘yinning eng yaxshi futbolchisi aniq

  • 16 iyun, 2024, 23:10
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Evro-2024" birinchi turidan o‘rin olgan Sloveniya - Daniya uchrashuvida tomonlar durangga imzo chekdi. Dastlab, Kristian Eriksen hisobni ochgan bo‘lsa, Erik Yanja imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi.

Shu tariqa, o‘yinning eng yaxshi futbolchisi Eriksen deb topildi. Yarim himoyachi to‘liq harakatlanib, 7 ta vaziyat yarata oldi. Shu bilan birga, 88 foiz pas aniqligini qayd etdi. 

Ta’kidlash kerak, Kristian bundan 1100 kun oldin, ya’ni o‘tgan Evroda yurak xurujiga uchragandi. Shundan so‘ng futbolchining faoliyatida o‘zgarish yuzaga kelib, APLga yo‘l oldi.

Eriksen ushbu turnirdagi birinchi golini urdi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!