
Soaresh "Arsenal"ga o‘tdi
Londonning "Arsenal" klubi "Sautgempton" himoyachisi Sedrik Soareshni o‘z safiga qo‘shib olganligini e’lon qildi. 28 yoshli futbolchi mavsum so‘nggiga qadar ijara asosida "to‘pchilar" sharafini himoya qiladi.
Ma’lumot uchun, portugaliyalik futbolchi joriy yilgi mavsumda Angliya Premer-ligasida 16 uchrashuvda maydonga tushdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar