Sofascore va Fotmob portallari Abduqodirning o‘yinini qanday baholadi?

  • 23 iyun, 10:51
  • Bilolbek Imomov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati 2-turida Xosep Gvardiola boshchiligidagi "Manchester Siti" Birlashgan Arab Amirligining "Al-Ayn" klubi bilan to‘qnash kelib, raqibini yanchib tashladi (6:0). Ushbu bellashuvda hamyurtimiz Abduqodir Husanov 3 oylik tanaffusdan so‘ng asosiy tarkibga qaytgan holda, 61-daqiqa harakat qildi. 
 
Uning mazkur o‘yindagi harakatlarini bir necha mashhur portallar qanday baholadi? 
 
Fotmob vakilimizni 7.3 ballga loyiq ko‘rgan bo‘lsa, Sofascore portali Husanovga 7.1 ball qo‘ydi. Bundan tashqari, yana bir mashhur nashrlardan biri hisoblangan Flashscore sayti esa hamurtimizga 7.4 ball berdi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, "shaharliklar" Jahon chempionatidagi navbatdagi uchrashuvini 26 iyundan 27 iyunga o‘tar kechasi soat 00:00 da "Yuventus"ga qarshi o‘tkazadi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
+998950198726
23/06/2025 15:54
Бошланди 7 ой Энди шу мавзу