
"So‘g‘diyona" rasman Ulug‘bek Baqoevni iste’foga chiqardi
Bir necha yillar davomida "So‘g‘diyona"ning muvaffaqiyatli yurishlarida katta jonbozlik ko‘rsatib kelgan murabbiy Ulug‘bek Baqoev jamoani tark etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Ulug‘bek Baqoev "bo‘rilar"ni 2019-yilning aprel oyida qabul qilib olgan edi. Jamoa shu yilning o‘zida 4-o‘rinni olishga muvaffaq bo‘lgandi. 2020-yilgi mavsumda 6-o‘rinni qo‘lga kiritildi.
Baqoev boshchiligidagi "So‘g‘diyona" 2021-yil o‘zining eng yaxshi natijasini ko‘rsatib, Superligada tarixiy kumush medallar sohibiga aylandi. Tarix yangilandi.
2022-yilda Baqoev boshchiligidagi jizzaxliklar OFK kubogi hamda O‘zbekiston kubogi yarim finalida kubok baxslarini yakunladi. Har ikkala yarim finallarda penaltilar seriyasida imkoniyat boy berildi.
Fikrlar