Son Anje Postekoglu bilan xayrlashdi

  • 7 iyun, 16:08
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Son Xyon Min "Tottenxem" bosh murabbiyi Anje Postekogluning iste’fosi yuzasidan fikr bildirdi. Klub APLda 17-o‘rinni egallagan va Evropa Ligasida g‘alaba qozongan mavsumdan so‘ng murabbiy bilan xayrlashdi.

Tecno

"Siz klubning yo‘nalishini o‘zgartirdingiz. Birinchi kundan boshlab o‘zingizga va bizga ishondingiz, bir soniya ham ikkilanmadingiz. Hatto boshqalar shubha qilgan paytda ham.

Siz har doim bizning nima qila olishimizni bilardingiz. Sizning yondashuvingiz klubga so‘nggi o‘n yillikdagi eng yorqin kechani tuhfa etdi. Bu xotiralarni umr bo‘yi eslab qolamiz.

Menga sardorlik bog‘ichini ishonib topshirganingiz – bu mening faoliyatimdagi eng katta yutuqlardan biri. Sizdan o‘rganish – chinakam sharaf edi. Siz tufayli men nafaqat yaxshi futbolchi, balki yaxshi inson ham bo‘ldim.

Anje Postekoglu, siz "Tottenxem" uchun abadiy afsonasiz. Rahmat", – deb yozdi Son Xyon Min ijtimoiy tarmoqlarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!