
"So‘nggi yillardagi eng zo‘r klasiko" – taniqli mutaxassislarning "el-klasiko" haqidagi fikrlari!
Ispaniya Superkubogining yarim final bosqichidan o‘rin "Barselona" va "Real" Madrid o‘yini yakunlandi. Mazkur uchrashuvda "qirollik klubi" 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Belashuvdan so‘ng yurtimizning eng yaxshi sharhlovchilari Davron Fayziev va Xayrulla Hamidov quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.
Davron Fayziev: "Tugadi. "Barselona" - "Real" Madrid 2:3
Uchrashuv ekstra bo‘limlargacha bordi va "Real" Madrid g‘alabani ushlab qoldi. Superkubokning finaliga Madrid klubi yo‘l oldi. Shu o‘rinda "Barselona"ning mavsumdagi eng yorqin o‘yinlaridan birini o‘tkazganini ham alohida ta’kidlab o‘tish kerak. Chiroyli futbol ko‘rdik. O‘yin qahramoni - 120 daqiqa maksimal tempda o‘ynagan Benzema.
Hayrulla Hamidov: "So‘nggi yillardagi eng zo‘r klasiko. "Real"dan Vini-Benzema juftligi gol urishi tabiiy. "Barsa"dan Lyuk qatorasiga uchinchi uchrashuvda xaloskor, bunga ham o‘rgandik. Va uning o‘rniga tushirilgan Fati uzoq tanaffusdan so‘ng maydonga qaytib, nomini tabloga yozdirib qo‘yishi ajoyib hodisa. Biroq qiziq tomoni, Lyuk oyoqda, Fati boshda uryapti, zamonaning teskariligi...
Kim yutishidan qatiy nazar superbahs!"
Fikrlar