Soqqa qilishni Ronaldudan o‘rganing!

  • 10 yanvar, 18:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Nufuzli manba – Footmercato portali 2024 yil yakunlari bo‘yicha eng ko‘p pul ishlab topgan futbolchilar reytingini tuzib chiqdi.

Tecno

Unga ko‘ra, charm to‘p ustalari orasida pul topishda Krishtianu Ronalduga etadigani yo‘q. Qirqni qoralab qolgan yulduz yil davomida 263 million evro daromad ko‘rgan.

Bu ko‘rsatkich bo‘yicha portugaliyalik yulduz ashaddiy raqobatchisi Lionel Messini ortda qoldirdi. “Inter Mayami”da to‘p tepayotgan argentinalik yulduzning yillik daromadi 124 million evroni tashkil qildi.

Umumiy reytingda uchinchi pog‘onada qayd etilgan Neymar qisqa vaqt ichida tul topishda tengi yo‘q chiqib qoldi. 2024 yil davomida jami 42 daqiqa maydonda “ter to‘kkan” braziliyalik yulduz 101 million evro maosh oldi.

O‘tgan yilda eng ko‘p maosh olgan futbolchilar kuchli o‘nligi bilan tanishing:

Krishtianu Ronaldu — 263 mln evro

Lionel Messi — 124 mln evro

Neymar — 101 mln evro

Karim Benzema — 96 mln evro

Kilian Mbappe — 83 mln evro

Erling Xoland — 55 mln evro

Vinisius Junior — 51 mln evro

Muhammad Saloh — 49 mln evro

Sadio Mane — 48 mln evro

Kevin De Bryuyne — 36 mln evro.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Javlon Bro
11/01/2025 00:32
Saviya pastligini