
“So‘ragan pulimizni bering. Yo‘qsa, u ketmaydi!”
Transfer bozorida eng faol bo‘lib turgan “aristokratlar” rahbariyati Kay Xaverts masalasida bir qarorga kela olmayapti. Ya’ni, ular “Bayer” xavbeki uchun so‘ralayotgan mablag‘ni to‘lashga qiynalmoqda. Leverkuzenliklar 2 yillik shartnomasi bor Xavertsni 76 million evrodan kamiga qo‘yib yubormasliklarini ma’lum qilgan. O‘z navbatida, allaqachon umumiy miqdorda 93 million evro xarajat qilib qo‘ygan “Chelsi” rahbarlari bu summa biroz kamaytirilishidan umidvor.
“Undagi iste’dod bilan jahonning istalgan klubida muvaffaqiyatli o‘ynash mumkin. Bizda bir nechta grand jamoalardan takliflar mavjud. Shu jumladan, “Chelsi”dan ham. Biroq so‘ragan pulimizni bermasangiz, u ketmaydi. Unda yana 2 yillik shartnoma bor va uning shu erda ekanligi, albatta, bizni xursand qiladi. Hozir bor e’tiborimizni “Inter” bilan bo‘ladigan bahsga qaratishimiz kerak. Kelajakda nimalar bo‘lishini hech kim bilmaydi”, deya “Bayer” bosh murabbiyi Peter Bos o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Ma’lumot uchun, 21 yoshli germaniyalik yarim himoyachi bu mavsum barcha turnirlarda 44 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 17 ta gol va 8 assist yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar