Spaletti: Yaxshi narsalar ko‘rdim, ammo bundan nima foyda?

  • 16 iyun, 2024, 04:29
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Luchano Spaletti "Evro-2024" doirasidagi Italiyaning Albaniya ustidan qozonilgan g‘alabasi haqida gapirdi. 

"Men juda ko‘p yaxshi narsalarni ko‘rdim. Biroq bularning barchasi bizga nimadir olib kelishi kerak. Aks holda, bundan nima foyda? 

Bizda bir necha bor oldinga o‘tish va raqiblar uchun katta muammolar yaratish imkoniyati bo‘ldi, ammo buni uddalay olmadik. Hujumga o‘tishga tayyorgarlik ko‘rdik va tez fikrimizni o‘zgartirdik. 

Barellaning o‘yiniga kelsak, jamoamiz har qanday futbolchisiz ham o‘ynay oladi. Sababi, tarkibda 26 nafar futbolchi bor. Hamma narsa bir odamga bog‘liqligi haqida gapirishdan foyda yo‘q",
- dedi Italiya termasi ustozi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!