"Spartak" futbolchisi koronavirusdan sog‘aydi
"Spartak" yarim himoyachisi Georgiy Melkadze koronavirusdan sog‘aydi. Bu haqda jurnalist Vyacheslav Korotkin xabar tarqatmoqda.
Georgiy moskvaliklarning o‘rinbosarlar jamoasi safiga borib qo‘shilishi kerak edi. Ammo, u karantinga ketgan. Ta’kidlash kerakki, “Spartak”da hozircha koronavirus bilan bog‘liq boshqa holat aniqlanmadi.
Melkadze o‘tgan mavsumni “Tambov” safida ijarada o‘tkazdi va 18 ta o‘yinda 7 ta gol hamda 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar