SPL. "Al-Ittixod" safarda "Al-Ittifoq" bilan durang o‘ynadi
Saudiya chempionati 14-turidan o‘rin olgan "Al-Ittifoq" - "Al-Ittixod" bahsi bo‘lib o‘tdi va unda jamoalar 1:1 hisobida durangga imzo chekdi.
Dastlab, 41-daqiqada mezbonlar vakili Jorjino Veynaldum hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim boshlanishi bilan Abdurazzoq Hamdalla oradagi farqni yo‘q qildi.
Shu tariqa turning markaziy bahsida har bir jamoa bir ochkodan bo‘lishadigan bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, bu natijadan so‘ng "Al-Ittixod" 25 ochko bilan 4-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, "Al-Ittifoq" 23 ochko bilan 7-pog‘onada bormoqda.



Fikrlar