"Sport Ekspress" muxbiri: "O‘zbekiston termasini pley-offga chiqishini kutyapman"

  • 13 dekabr, 18:35
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Milliy terma jamoamiz ilk bor jahon chempionatida ishtirok etadi va bu tarixiy voqeani ko‘pchilik katta qiziqish bilan kuzatishi tabiiy.

Tecno

Masalan, qo‘shni va bizga yaqin bo‘lgan mamlakatlar ham mundialda terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlashlarini eshityapmiz.

Yaqinda bo‘lib o‘tgan qur’a jarayonidan keyin vakillarimizning guruhi deyarli aniq bo‘ldi. Nafaqat o‘zimizda, balki tashqarida ham mutaxassislar, OAV vakillari terma jamoamizing guruhi, undagi raqiblar borasida fikr-mulohazalarni bildirmoqdalar.

Rossiyaning nufuzli “Sport Ekspress” nashri jurnalisti Konstantin Belov mundial masalasida Sports.uzdagi hamkasbining ayrim savollariga javob berdi.

- Jahon chempionatiga qur’a tashlash marosimini tomosha qildingizmi? 

- Afsuski, men jahon chempionati qur’asini jonli efirda tomosha qilmadim. Rossiyada turnir katta qiziqish uyg‘otmayapti. Chunki milliy terma jamoamiz unda qatnashmayapti.

- Terma jamoamiz joy olgan guruh borasida fikringiz qanday?

- Menimcha, O‘zbekiston pley-off bosqichiga chiqish uchun kurasha oladi. Bundan tashqari, uchinchi o‘rin ham pley-offga chiqishni kafolatlashi mumkinligini unutmaslik kerak. Buning uchun kamida bitta g‘alaba qozonish zarur.

- Guruhimizda Portugaliya bilan Kolumbiya favoritlar qatorida. Terma jamoamizning bo‘lajak ishtiroki xususida nima deya olasiz?

- O‘zbekistonning pley-offga chiqish imkoniyati 40 foizga baholanmoqda. Jamoaning tarkibi kuchli, mamlakat uchun ilk jahon chempionati. Bu esa o‘zini ko‘rsatish uchun qo‘shimcha motivatsiya bo‘ladi.

- Siz uchun “o‘lim guruhi” qaysi?

- Yangi formatni hisobga olgan holda men aniq “o‘lim guruhi”ni ko‘rmayapman. Balki Frantsiya, Norvegiya va Senegal ishtirok etayotgan “I” guruhini shunday deb hisoblash mumkin.

- Umuman, Kannavaro boshchiligidagi terma jamoamizdan nima kutyapsiz?

- Men O‘zbekiston terma jamoasini ikkinchi yoki uchinchi o‘rin bilan pley-off bosqichiga chiqishini kutyapman. Jamoa juda yaxshi tarkibga ega, ayrim futbolchilar Evropada o‘ynashmoqda. Rossiyalik muxlislar albatta O‘zbekiston terma jamoasiga ishqibozlik qilishadi va qo‘llab-quvvatlaydilar.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!