
"Sporting" "Bolonya" klubi ustoziga nega pul to‘ladi?
«Sporting» klubi serbiyalik mutaxassis Sinisha Mixaylovichni 2018 yili bosh murabbiy vazifasidan iste’foga chiqargani uchun unga 3 million evro miqdorida tovon puli to‘ladi», - deya xabar bermoqda «A Bola» nashri.
Mixaylovich pullarni sport Arbitraj sudi (CAS) orqali undirib olishga erishdi. U CASga iste’foga chiqarib yuborilganidan keyinoq da’vo arizasi bilan murojaat qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, serbiyalik 49 yoshli mutaxassis «Sporting» klubiga 2018 yilning 18 iyul kuni bosh murabbiy etib tayinlangan. Oradan 9 kun o‘tib Brunu de Karvalyu «Sporting» klubi prezidenti lavozimidan ketganidan keyin va o‘rniga boshqa rahbarlar kelganidan so‘ng bosh murabbiyni 3 yillik shartnomasi bo‘lishiga qaramasdan ishdan bo‘shatishgandi.
Avvaliga portugal klubi Sinishaga 300 ming evro to‘lagan, Mixaylovich esa sudda 11,2 million evro talab qilgan. Ammo sud ishni 3 million evro qiymatidagi to‘lov bilan yopdi. O‘tgan yilning yozidan beri oqqon kasalligi bilan kurashayotgan Mixaylovich ayni paytda Italiyaning «Bolonya» klubiga ustozlik qilmoqda.
Fikrlar