
Sports.uz insaydi tasdiqlandi! Dilshod Komilov “Qizilqum” futbolchisiga aylandi
Superliganing yangi mavsumiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rayotgan "Qizilqim" o‘z safini yangi futbolchilar bilan boyitmoqda. Jamoa o‘tgan mavsumda "Nasaf" sharafini himoya qilgan Dilshod Komilov bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati e’lon qildi.
"Yakunlangan mavsumda Qarshining “Nasaf” jamoasi bilan O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritgan himoyachi Dilshod Komilov endilikda “Qizilqum” sharafini himoya qiladi. Dilshod klub bir yillik shartnoma imzoladi.
Futbolchiga yangi mavsumda omad va zafarli onlarni tilab qolamiz", - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval landa ushbu transfer haqida xabar berilgan edi.
Fikrlar