Srechko Katanets "Olimpik" - "Xorazm" o‘yinini stadionda kuzatdi

  • 7 sentabr, 2021, 19:47
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets va uning yordamchilari pro-ligadan o‘rin olgan “Olimpik” – “Xorazm” (1:1) uchrashuvini stadiondan tomosha qilishdi.

Tecno

katanets_2

Ma’lumki, “Olimpik” klubida olimpiya terma jamoasiga nomzod bo‘lgan bir qancha futbolchilar to‘p suradi. Shu sabab sloveniyalik mutaxassis yosh va iste’dodli futbolchilarni kuzatib boryapti.

katanets1_1

Ushbu uchrashuvga, shuningdek, O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi raisi Rustam Shoabdurahmonov ham tashrif buyurdi, - deya xabar bermoqda, O‘FA matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, Katanets boshchiligidagi milliy terma jamoamiz 5 sentyabr kuni Stokgolmda Shvetsiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazib 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!