
Sten Vavrinka ikkinchi davrga yo‘l oldi
Shveytsariyalik Sten Vavrinka va italiyalik Yannika Sinner "US Open" turnirining birinchi davrasida o‘zaro kuch sinashdi.
Ular o‘rtasidagi o‘yin 6:3, 7:6, 4:6, 6:3 hisobida Sten foydasiga hal bo‘ldi. Shu tariqa Vavrinka Amerika ochiq chempionatining navbatdagi bosqichiga yo‘l oldi.
Endi S.Vavrinka turnirning navbatdagi bosqichida frantsiyalik Jeremi Shardini sinovdan o‘tkazadigan bo‘ldi.
Fikrlar