Stol tennisi. Terma jamoamiz jahon chempionatiga yo‘l oldi

  • 26 sentabr, 2022, 11:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Stol tennisi
BEPUL PROPAN

30 sentyabr – 9 oktyabr kunlari Xitoyning Chendu shahrida stol tennisi bo‘yicha jamoaviy jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, ushbu musobaqada ham erkaklar, ham ayollar o‘rtasidagi bahslarda ishtirok etadigan atletlarimiz Chin o‘lkasiga yo‘l olishdi.

Reglamentga ko‘ra, jamoalar dastlab guruh, so‘ng pley-off bosqichida ishtirok etishadi. Bu borada hamyurtlarimizning raqiblari 28-sentyabr kuni o‘tadigan qur’adan so‘ng ma’lum bo‘ladi. Jamoamiz musobaqaga quyidagi tarkibda yo‘l oldi:

Erkaklar: Abdulaziz Anorboev, Shohruh Iskandarov, Elmurod Xoliqov, Zohid Kenjaev.

Ayollar: Asel Erkebaeva, Rozalina Xodjaeva, So‘g‘diyona Madalieva, Marhabo Magdieva.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!