Suares Evropada qolmoqchi, ammo...

  • 17 iyul, 2022, 12:47
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Urugvaylik hujumchi Luis Suares hamon jamoasiz qolmoqda. Futbolchi shu yozda erkin agent bo‘lib “Atletiko”ni tark etgandi.

“El Mundo Deportivo” nashri xabariga ko‘ra, Suares Chempionlar ligasida o‘ynaydigan klubda karerasini davom ettirishni istamoqda. Forvard shu hafta o‘z kelajagi borasida qaror qabul qilishi kerak. Shuningdek, Suares uchun zaxira varianti ham bor: Urugvayning “Nasonal” jamoasi.

Avvalroq, futbolchi "Barselona" bazasida mashg‘ulot o‘tkazayotgani haqida xabar berilgan edi. Luisning xizmatlari esa Kataloniya grandiga taklif qilingan, biroq “Barsa” rahbariyati bunga rad javobini berdi.

35 yoshli Suares 2014 yildan 2020 yilgacha “Barselona” safida to‘p tepgan. So‘nggi ikki mavsum esa Luis "Atletiko" Madrid sharafini himoya qildi. Uning “matraschilar” bilan shartnomasi o‘tgan oy oxirida yakuniga etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!