Suares va Kavani bir jamoada o‘ynaydi

  • 13 iyul, 2022, 10:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Urugvay futbolining ikki yulduzi - Luis Suares va Edinson Kavani “Fenerbahche” klubi sharafini birgalikda himoya qilishi kutilmoqda, deb xabar bermoqda xorij matbuoti.

Manbalarning ta’kidlashicha, Turkiyaning nomdor klubi hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida erkin agentga aylangan har ikki to‘purarni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda.

Aslida Suares va Kavaniga AQSh tomonlardan ham takliflar etarli. Biroq, yoshi o‘tib qolgan futbolchilar Evropada ketishga shoshilmayapti.

“Fenerbahche” yangi mavsumda Chempionlar ligasining saralashida ishtirok etadi va guruh bosqichiga chiqish imkoniyatiga ega. “Ko‘hna qit’a”ning eng nufuzli turnirida ishtirok etish imkoniyati Suares va Kavanini bu jamoa taklifini qabul qilishida muhim omil hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!