Subimendi: "Ular jarima maydonchasi ichida juda xavfli"

  • 18 iyun, 2024, 19:14
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyaning 25 yoshli yarim himoyachisi Martin Subimendi Italiya terma jamoasi bilan bo‘lib o‘tadigan "Evro-2024" guruh bosqichi doirasidagi uchrashuv oldidan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

"Men italiyalik futbolchilarga qarshi ko‘p o‘yin o‘tkazdim. Ularning ko‘pchiligi jangchi o‘yinchilar. Ko‘p qirrali, turlicha o‘yin ko‘rsata oladigan tarkib. Ular raqibning jarima maydonchasi ichida juda xavfli", - deya xavbekning so‘zlarini keltirdi Ispaniya termasining matbuot xizmati. 

Eslatib o‘tamiz, 20 iyun kuni Italiya va Ispaniya terma jamoalari o‘rtasida "Evro-2024" guruh bosqichining ikkinchi tur uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Baxs Gelzenkirxendagi "Feltins-Arena" stadionida start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!