Sulsher “Chelsi”dan futbolchi so‘radi

  • 29 sentabr, 2020, 11:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” rahbariyati “Chelsi”ga yarim himoyachi N'Golo Kante transferi bo‘yicha so‘rov yubordi.

Tecno

Manchesterliklar bosh murabbiyi Sulsher anchadan beri Kantening muxlisi hisoblanadi va frantsiyalik futbolchi MYu tarkibini sezilarli darajada kuchaytira olishiga ishonadi. Agar London klubi bosh murabbiyi Frenk Lempardga kerak bo‘lmay qolgan Kante “Manchester Yunayted”ga ko‘chib o‘tishga rozi bo‘lsa, maoshi qisqarishini ham qabul qilishi kerak.

29 yoshli futbolchining bugungi kundagi transfer summasi 80 million evroga baholanmoqda. Uning “Chelsi” bilan shartnomasi 2023 yilning yozigacha tuzilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!